1. bölüm / 1
Sirlar ichida qolgan qiz_1_
Bölümler 1Şu an: _1_
Bu aramayla eşleşen bölüm bulunamadı.
Ismim Mariya. Yoshim 21 yoshdaman. Men tibbiyot institutining psixologiya sohasida òqiyman hozirda 3 - kursman. Hayotim Juda zerikarli Deb òylagan edim. Ammo keyinchalik hammasi yaxshi bòldi. Bu shunchaki sinov ekan. Qiyinchiliklar bòladi. Ammo keyinchalik hammasi yaxshi bòladi. Bularning hammasi òtkinchi. Tòg'ri bu hikoya hayotiy emas. Ammo men bu hikoya stressdan bòlgan insonlar uchun Juda maqul keladi. Inson hech qachon noumid bòlmasligi kerak. Hayotim qanchalik og'riqli va halokatli bòlmasin bir Kun albatta eng chiroyli baxtga erishamiz. Bazida bòlib turadi. Inson hayotda yashagisi kelmaydi. Hamma narsani tashlab kimsasiz joyga borgisi keladi. Lekin hech qachon noumid bòlmang. Chunki siz uchun Juda katta sovg'a bor. Keling endi hikoyani òqiymiz.
Hikoya manashunday boshlandi. Bir kuni uydagi muammolar sababli juda ham siqilib ketdim va kòchaga yolg'iz sayr qilgani chiqdim. Qulog'iga quloqchinlarni tiqib musiqa eshitib yura boshladim. Men ancha yurdim va uzoqroqda bir òrmon kòrib qoldim. Men u òrmonning ichkarisiga kira boshladim. Men uyimdan Juda uzoqqa ketganimni ham sezmabman. Birdan qorong'u qasrni ko'rdim. U yerda juda sovuq edi. Shuning uchun men ichkariga kirishga qaror qildim. Shu qadar jim ediki, hatto yurak urishimni ham eshitib turardim. To'satdan atrofimdagi shivir-shivirlarni eshitdim. Men qal'ani o'rganishga qaror qildim. Bu juda sirli joy edi. Men u yerda kutubxonani ko‘rdim va u yerda sirli kitob topdim. Kitobni ochganimda, birinchi sahifa juda chiroyli edi. Men kitobni varaqlay boshladim va birdan kitob o'rtasidan bir varaq qog'oz topdim. Uni qo‘limga olishim bilan kitobdagi yozuvlar o‘zgara boshladi. Avvaliga juda hayron bo'ldim. Keyin kitobdagi so‘zlarni o‘qib chiqdim. Kitobda shunday deyilgan edi: "Qo'lingdagi bu qog'ozda qal'a haqida ma'lumot bor. Kim uni ochsa, abadiy shu joyga bog'lanadi". Dastlab, bu yerdan ketishni o‘yladim. Ammo qiziqishim qo‘rquvimni yengdi va men qog‘ozni ochishni boshladim. Atrofimdan pichirlagan tovushlar eshitila boshladi. Keyin men qog‘ozni ochdim. Unda katta xarita va yozuvlar bor edi. Xaritada shunday yozilgan edi " sen katta hato qilding. Bu sen uchun havfli bòlishi mumkin. Lekin endi bir narsani esingdan chiqazma. Sen himoya ostidasan. Chunki sen qirol avlodidansan. Yani malikasan" men bu sòzlarni òqidim va hayajonim orta boshladi. Huddi atrofimni qora sharpalar òrab olgandek sezdim. Ular bir joyda turar edi. Men esa hayolimda òylar Juda kòp edi. " men òzi kimman? Qanaqasiga Malika bòlishim mumkin? Kimning avlodiman? Kim mening savolimga javob beradi? Endi nima qilaman?. " Hayolimda shu òylar bilan ancha turib qoldim. Atrofga rasa alangladim. Atrofimda hech Kim yòq. Men savollarimga javob topish uchun kutubxonadagi kitoblarni har birini tekshirib chiqdim. Ammo hammasida bir sòz bor edi. Barcha kitoblarda shu yozuv bor edi " qasrdagi sirli joyni top. Ana òsha yerda sen savollaringga javob topasan ammo unutma bu sen uchun havfli bòlishi mumkin." Men qasrni tark etdim va uyga borib òylar bilan òtirgan edim. Birdan kimdir meni chaqirgandek tuyildi. Menimcha bu hayolimda dedim. Ovoz qayta va Yana qayta eshitildi. Men uydagilarimdan sòradim. Ular ham meni chaqirishmabdi. Òzimni chalg'itish uchun oyimga yordam berdim. Ertasi kuni ertalab turib institutga òqishga ketdim. Institut eshigidan hayol surib kirar ekanman. Birdan bir bolaga turtilib ketdim. Men hayolimni joyiga qòyib u bolaga gapirdim
__oh kechirasiz bilmasdan urilib ketdim. Uzur U bola birdan tabassum bilan menga yuzlandi va gapirdi.
__hechqisi yòq. Siz yangi kelganmisiz. Avval sizni bu yerda kòrmaganman. - dedi. Men ham unga biroz tabassum bilan gapirdim.
__a men 3 yildan beri shu institutda òqiyman. Uzur shoshilib turgan edim. - dedim va tez tez yura boshladim.
Men darsga kirib Yana qasr haqida òyladim. Birdan eshikdan bir bola kirib keldi. Ha bu òsha boyigi men turtilib ketgan bola edi. Ustoz uni tanishtira boshladilar.__ tanishing bu bola Malik u boshqa institutda òqiydi. Ammo hozir institutida tamirlanish ishlari bòlgani uchun bizning bòlimga òtdi. Men indamadim va hayol surib òyna tarafga qarab oldim. Malik meni oldimga kelib òtirdi. Menga tabassum qildi va gapira boshladi.
__ kechirasiz honim ismingiz nima? Mening ismim Malik. Men indamadim va unga gapirdim.
__ tanishganimdan hursandman ismim Mariya. - dedim va darsga etibor berib òtirdim. Hayolimda esa har hil òylar bor edi. " Bu bola Kim? Nega emni kòrsa tabassum qilaveradi? Ey mayli menga nima muhimi hozr qasrni nima qilishim. Lekin u yerda kònglim hotirjam bòldi. Huddi qayg'ularim esimdan chiqib ketgandek." Birdan hayolimni haligi bola buzdi.
__ kechirasiz ruchkangiz bormi?
__ ha bor mana.
__ rahmat...Mariya
Men daftarini oldim va bir nimalarni yoza boshladim. U bolani hayolimni bilmayman ammo meni bir narsa qiziqtirar edi. Nega bu bola bunchalik g'alati? U boshqacha. Huddi sevib qolgandek tuyilar edi. Darslar tugadi. Men darsdan chiqayotkanimda kimdir meni chaqirdi. Bu Malik edi.
__ kechirasiz Mariya. Yuring birga ovqatlanamiz.
yòq òzingiz ovqatlanavering. Meni ishlarim bor. mayli hech bòlmasa. Biroz gaplashaylik sizda gapim bor edi.
__ shoshib turgan edim. Mayli nima gapingiz bor? Men shu sòzlarni ayttim va biz birga institut oshxonasiga bordik va u gapira boshladi.
__ bu institut Juda ajoyib ekan. Ha aytkancha Nega bunchalik òychansiz nimadir bòldimi? Ahvolingiz yaxshimi? Men u bolaga uydagi barcha muammoni ayttim keladi. Ammo tanimagan odamimga aytmayqolaman.
__ ha hammasi joyida nimaga bunday deyabsiz? Ha aytkancha iltimos keling boshqa bunday yurmasak maylimi? U bola biroz hòsrsindi va gapirdi.
__ shunchaki aytgan edim. Nimaga bunday deyabsiz? Kimdir sizni urishyabdimi? Yoki yigitingiz nimadir dedimi?
__ shunchaki. Hech Kim hech narsa demadi va meni yigitim yòq.
__ Nega? Mariya kimdir buni sizga taqiqlaganmi?
__ unday emas. Sababi shuki men bunchalik sevgi muhabbatga ichonmayman. Chunki kòpchilik umrini ohirigacha seva olmaydi va bunga ota onam qarshilar. Toki tòy qilib olib ketmaguncha ishonishmaydi.
__ agar bir bola sizni qattiq sevib qolsa, va sizga uylanmoqchi bòlsa nima qilasiz? U sizga Juda bog'lanib qolgan bòlsachi?
Men unga javob berdim.
__ men hohlayman. Ammo akam bilsa oqibati yomon bòladi. Malik menga havotirli kòzlari bilan gapirdi.
__ nima akang senga nimadir qiladimi? Hozir yaxshimisan?
Men javob berishdan oldin birdan kòzlarimdan tomchilab yosh oqa boshladi. Men kòz yoshlarimni yashira olmadim. Qancha yoshimni artsam ham bòlmadi. Malik esa havotirli nigoh bilan menga qaradi va gapirdi.
__ hammasi joyida yig'lamang hammasi yaxshi. Men sizni sevaman. Iltimos meni kòz yoshlaringiz bilan qiynamang Mariya. Eshityabsizmi?
Men uni gaplaridan biroz hayratlandim. Sòng ha degandek Bosh chayqadim. Men òzim ham sezmay qolgan edim. Dardim shunchalik tiqilib turgan ediki yig'lashni tòxtata olmadim. Malik Bosh barmog'i bilan kòzimdagi yoshni arta boshladi. Chòntagidan ròmolchasini olib menga berdi. Men esa uni olib kòzimdagi yoshni artdim va titroq ovozim bilan unga gapirdim.
__ iltimos meni sevmang. Meni deb qiynalishingiz mumkin. Men shu gaplarni ayttim va òrnimdan turib keta boshladim. Malik esa orqamdan kelar edi. Men uyga kirishdan oldin Malik bergan romolchaga kòz yoshlarimni artdim. Kulishga harakat qildim va eshikni taqillatdim. U meni Uzoqdan kuzatib turganini ham sezmay qolibman. Eshikni akam ochdi va jahl bilan gapirdi.
__ ha keldingmi? Ishqilib ortingdan hech Kim kelmadimi? Sen qiz hech odam bòlmading.
__ yòq hech Kim kelmadi menga jahlingizni qilmang. Sizni haqqingiz yòq.
__ ha yog'e. Òzi sen qiz haddingdan oshibsanmi? Uyga kir Hali seni kuningni kòrsataman. Men qòrqib uyga kirdim. Hayolimdigi òylar chalkash edi. " Hozir Yana gap eshtaman. Hammasidan charchadim. Kimdirga aytay desam dugonam ham uzoqda. Uff Nega bunday".Akam Yana gapira boshladi.
__ sen qiz Nega oyimga qarashmayabsana Nega Telefon òynab òtiraverasan.
__ isbotingiz yòq Telefon òynashimga. Maylimi darsimni qilib olsam? Ishlarimni qilib sòng òynayman.
__ ovozingni òchir menga sakrama. Akam shunday dedi va birdan urib yubordi.
Men esa yig'lab yubordim va yugurib xonamga chiqib ketdim va rassa yig'lay boshladim. " Nega bunaqa? Nega hamma mendan alamini oladi? Dori ichsam qutulamanmi? " Rosti men Juda charchagan edim. Kiyimlarimni almashtirib karavotimga yotdim va uhlab qoldim. Yarim tun bòlganda turdim va kechki ovqatni yeb Yana yotib uhladim.
Erta tong turdim. Kòzim biroz qizargan edi. Men dush qabul qildim va tayyorlanib institutga bordim. Institut darvozasidan kirayotgan edim birdan Malikni kòrdim. U menga yaqin keldi. Men esa shunchaki ketayotgan edim. Birdan u meni tòxtatdi. __ Mariya tòxta senda gapim bor.
__ darsga kech qilyabman. U meni yonimga keldi va kòzlarimga qarashib uchun egildi. Uni bòyi biroz baland edi. Men kòzlarimni yashira boshladim. U esa buni sezdi va iyagimdan ushlab òziga qaratdi va gapira boshladi.
__ Nega yig'lading? Mariya akang senga nimadir qiladimi?
yig'laganimni qayerdan bilding. Ha iltimos sendan meni tinchib qòy. Men...men shunchaki kòzlaringdan bildim. Tshsh Jim hammasi joyida bòladi. Men seni u uydan olib ketaman. Mariya
__ hoy meni tinchib qòy. Seni sevmayman. Iltimos meni ham òzingni ham qiynama.
__ tshsh men hech qachon seni yoningdan ketmayman. Seni tark etmayman. Toki meni sevmaguningcha harakat qilishdan tòxtamayman. Chunki seni sevib qoldim.
Men indamadim va darsga kirib ketdim. Ortimdan u ham kirdi. Dars paytida u mendan kòzini uzmadi. Tabassum bilan qarab turar edi. Men indamay daftarimga nimadirlar yozib òtirdim. Birdan boshim aylana boshladi. Malik doskaga qarab òtirgan edi. Men hushimdan ketay Deb turgan edim. Unga tasodifan tegib ketdim. Malik meni kòrdi va ustozdan ruhsat sòrab meni shifoxona tomon olib Bora boshladi. Lekin birdan hushimni yoqotdim. Malik meni institutdagi shifokor huzuriga olib bordi. Shifokor meni ko‘rikdan o‘tkazdi. Malik esa yonimda jim o‘tirardi, lekin uning yuzida xavotir bor edi.
— Sen juda charchagansan, — dedi shifokor. — Stress va toliqish sababli hushidan ketgansan. Sen dam olishing kerak.
Men boshimni qimirlatib, shunchaki tasdiqladim. Ammo ichimda hamma narsa aralashib ketgandi. Shifokor faqat charchoq dedi, lekin men ich-ichimdan bu shunchaki oddiy charchoq emasligini bilardim.
Malik shifokorga minnatdorchilik bildirdi va menga qaradi:
— Seni uyga kuzatib qo‘yaman.
Men birdan hayratlandim va bosh chayqadim.
— Yo‘q, kerak emas. O‘zim bora olaman.
Lekin u qat’iy edi.
— Yo‘q, yolg‘iz ketmaysan. Men seni uyinggacha olib boraman.
Men hech narsa deya olmadim. Chunki ich-ichimdan uning yonimda bo‘lishini xohlagandek edim. Balki, u haqiqatan ham meni tushuna oladigan yagona odamdir?
Biz institutdan chiqib, sekin yurishni boshladik. Ammo yuragim g‘alati urardi. Bu qo‘rquvmi? Yoki nimagadir bo‘lgan intilishmi?
Meni qulog'imga huddi kimdir chaqirgandek eshitildi. Men esa qòrqa boshladim. Buni Malik sezdi.
— Mariya, hammasi joyidami? — dedi Malik, yuzimga qarab.
Men esa atrofga alangladim. Ha, bu ovoz aniq edi. Kimdir meni chaqirayotgandi.
— Sen ham eshitdingmi? — dedim titroq ovozda.
Malik ajablanib menga qaradi.
— Nima? Nimani eshitdim?
Men o‘zim ham nima deyishimni bilmay qoldim. Balki bu shunchaki charchoq oqibati edi? Balki menga shunday tuyulgandir? Lekin… bu ovoz real edi.
— Hech narsa… — deb shunchaki bosh chayqadim.
Lekin Malik bunga ishongandek ko‘rinmadi. U qo‘limni sekin ushladi.
— Mariya, sen mendan nimanidir yashiryapsan. Iltimos, menga ayt.
Men esa indamadim. Chunki bu ovozni tushuntirib bera olmasdim. Bu ovoz meni qasr tomon chorlayotgandi…
Men Malikga qaradim va qòlimni tortib oldim. Men unga titroq ovozi bilan gapirdim.__Hammasi yaxshi shunchaki bu g'alati tuyg'u.
Malik menga ishonmagandek qaradi. U ko‘zlarini qisib, yuzimdagi har bir ifodani sinchiklab o‘qiyotgandek edi.
— Mariya, iltimos… mendan hech narsani yashirma. Yordam bera olaman.
Men esa boshimni sekin sarak-sarak qilib, nigohimni tizzalarimga qadadim. Yo‘q, u hech narsa bilmasligi kerak. Bu mening sirim.
— Hech narsa bo‘lgani yo‘q, Malik. Shunchaki charchadim, hammasi shu.
Men gapni boshqa tomonga burishga harakat qildim:
— Balki sen endi darsingga qaytarsan? Men o‘zim ham o‘zimni yaxshi his qilyapman.
Malik jimgina menga tikilib turdi. Uning nigohlarida ishonchsizlik va xavotir aralash hislar bor edi. Nihoyat, u sekin bosh irg‘adi.
— Mayli… lekin agar nimadir bo‘lsa, menga darrov ayt.
U menga oxirgi bor qarab, shifokor xonasidan chiqib ketdi. Men esa joyimda qotib qoldim. Yuragim tez urardi. Bu ovoz kimniki edi? Nega u meni chaqirdi?
Shu payt qulog‘im ostida yana o‘sha shivir eshitildi. Bu safar aniqroq:
"Qasrga qayt… Mariya…"
Men titrab ketdim. Bu ovoz meni o‘ziga tortardi…
Men bo‘shashib, qo‘llarimni tizzalarimga qo‘ydim. Ko‘z yoshlarim o‘z-o‘zidan oqardi. Yuragim g‘alati og‘riq bilan siqila boshladi.
Nega bu ovoz meni chaqiryapti? Nega aynan men?
Birdan xonada harorat pasaygandek bo‘ldi. Qulog‘im ostida yana o‘sha shivir eshitildi:
"Qasrga qayt… bu sening taqdiring…"
Men dahshat ichida atrofga alangladim. Xonada mendan boshqa hech kim yo‘q edi. Ammo bu ovoz… u juda yaqin edi!
Qo‘llarim bilan boshimni changalladim. Bu nima bo‘lyapti? Men aqldan ozayapmanmi?!
Shu payt eshik ochilib, Malik yana ichkariga kirdi. U meni yig‘layotgan holda ko‘rib, shoshilib oldimga keldi.
— Mariya! Nima bo‘ldi?! Nega yig'layabsan?
Men lablarimni tishlab, javob Bera olmadim. Malik qattiq havotirlanib, qòllarimni ushladi.
Men titroq bilan gapirdim.
__ men zudlik bilan bir joyga borishim kerak. Faqat ortimdan borma.
Men institutdan chiqdim va qasr tomon Bora Bora boshladim. Men ortimga qayta-qayta qarab qo‘yardim. Yuragim g‘alati g‘uldirardi. Oy osmonda yaltirab turardi. Uning yorug‘ligi yo‘limni yoritardi, lekin ichimdagi zulmat undan ham qorong‘i edi.
Qasrga yaqinlashganimda sovuq shamol yuzimga urildi. Ichkaridan qandaydir kuch meni tortayotgandek edi. Nafasim tezlashdi. Yuragim tez urib, kaftlarim muzlab qoldi.
Eshik oldida to‘xtadim. Ichkariga kirsam, qaytib chiqa olamanmi?
Qo‘limni eshikka yaqinlashtirdim. Shu payt ortimdan bir ovoz eshitildi:
— Mariya!
Men shoshib ortimga o‘girildim. Bu… Malik edi!
— Senga ortingdan borma, deb aytgandim! — dedim jahlim chiqib.
Malik yonimga yaqinlashdi. Uning ko‘zlarida tashvish bor edi.
— Men seni yolg‘iz qo‘ya olmayman, Mariya. Nima bo‘layotganini tushuntirasanmi?
Men undan yuz o‘girdim va eshikni asta itardim. U o‘z-o‘zidan ochildi. Ichkaridan sovuq havo urildi.
Men chuqur nafas olib, ichkariga qadam tashladim. Malik ham ortimdan ergashdi.
Qasr ichida yana o‘sha shivir eshitildi:
— Xush kelibsan… malikamiz…
Men qòrqqanimdan birdan yig'lab yubordim. Malik shoshib yonimga keldi. Uning qo‘llari yelkamga tegdi, lekin men titrashdan to‘xtay olmadim. Yuragim g‘alati tez urar, ko‘zlarim esa qorong‘ilikka tikilgancha yoshga to‘lib borardi.
— Mariya, nega yig‘layapsan? Kimdir seni qo‘rqitdimi? — dedi Malik shoshqaloqlik bilan.
Men boshimni asta qimirlatib, titroq ovoz bilan javob berdim:
— Ovoz… Malik, men… men bu joyni tark etishim kerak… Bu yerda nimadir noto‘g‘ri…
Lekin qasr eshigi ortimizdan sharaqlab yopildi. Shamol esib, shamchiroqlar miltilladi. Qorong‘ilik chuqurlashdi.
— Bu yer endi seniki, malikamiz… — o‘sha sirli ovoz yana eshitildi.
Men qattiq titrab, Malikning qo‘llarini siqib oldim. U esa meni yanada mahkamroq ushlab, atrofga qaradi.
— Kim bor bu yerda?! — u baland ovozda so‘radi.
Jimlik. Keyin esa… qadam tovushlari eshitila boshladi. Qorong‘ilik ichidan sharpalar siljib kelayotgandek edi.Men nafas olishni ham unutdim. Endi nima bo‘ladi?..
Men titroq va yig'i ovozi bilan gapirdim.
__Meni tinchib qòy iltimos.
Malik qo‘llarini yelkamdan oldi, lekin baribir yonimdan ketmadi. U ko‘zlarimga qarab, yumshoq ohangda gapirdi:
— Mariya, iltimos, tinchlan. Men seni tashlab ketmayman. Nima bo‘layotganini ayt, iltimos…
Men boshimni qattiq chayqadim, ko‘z yoshlarim yonoqlarimdan dumalab tushardi. Yuragim tez urib, butun tanam titrar edi. Ichimda qandaydir g‘alati his uyg‘ongan, lekin bu nimadan ekanini tushuna olmasdim.
— Men hammasidan charchadim, Malik… — dedim nihoyat, ovozim titrab. — Hayotim, qasr, bu ovozlar… Men kim ekanimni ham bilmay qoldim…
Malik menga yumuq nigoh bilan tikildi, keyin asta qo‘limni ushladi. Uning iliq qo‘llari menga ozgina bo‘lsa ham taskin berdi.
— Men sen bilanman, Mariya, — dedi u qat’iy ohangda. — Agar qo‘rqayotgan bo‘lsang, men seni himoya qilaman.
Men uning so‘zlariga ishonishni xohlardim, lekin yuragim tub-tubida qandaydir xavf sezilar edi. Chunki qasr hali sirlarini ochmagandi…
Men qòrqib uni quchoqlab oldim. Qòllarim va tanam titrar. Huddi nimadir notòg'ridek tuyilar edi. Men Malikga hammasini aytmoqchi edim. Ammo gapirolnadim. Qòrquv tanamni egallab olar edi. Malik shoshilmay meni mahkamroq quchoqladi, lekin u shunchaki tinchlantirish uchun shunday qilayotganini sezdim. Uning yurak urishi ham biroz tezlashgan edi.
— Mariya, jim, hammasi joyida. Men yoningdaman. Senga hech kim zarar yetkazmaydi, — dedi u shivirlab.
Men ko‘zlarimni yumdim va nafasimni rostlashga harakat qildim. Lekin ichimdagi vahima kuchayib borar, qandaydir noma’lum kuch meni qasr tomon chorlayotgandek edi.
— Men… Malik, — dedim titrab, lekin gapimni tamomlay olmadim.
U yuzimga qaradi, nigohlarida xavotir aks etardi. Men bir oz o‘zimni bosib, nihoyat sekin gapirdim:
— Bu qasr… U sir saqlayapti. Ovozlar… ular meni chaqiryapti.
Malik bir lahzaga jim qoldi, keyin sekin qo‘llarimni ushlab, dedi:
— Unda birga boramiz. Yolg‘iz emassan, Mariya. Senga nima bo‘lsa ham, men sen bilanman.
Men unga ishonishni xohlardim, lekin yuragim tub-tubida qandaydir noaniqlik hali ham hukm surar edi…
Men birozdan sòng tinchlandim va Malik bilan birga kutubxonaga kirdik. Qasr unchalik yorug' emas edi. Oy nuri qasrni yoritar edi. U yerdan men kitobni ochib qidirdim. Kitobni òqiganim sari huddi yòl topilayotganday edi. Lekin iloji yòq edi. Men ancha charchagan uchun uyqim kelad boshladi. Malik mening charchaganimni sezdi va sekin qo‘limdan ushladi.
— Mariya, biroz dam ol. Hali ko‘p narsa oldinda, lekin sen juda holdan toyibsan, — dedi u yumshoq ovozda.
Men boshimni sekin qimirlatib, kitobni yopdim. Ammo qalbimda qandaydir g‘alati his bor edi. Go‘yo qasr men uxlab qolishimni kutayotgandek…
— Yo‘q, Malik. Men hozir dam ololmayman. Bu kitobda nimadir bor. Qasr mendan nimanidir kutyapti.
Malik chuqur nafas oldi va atrofga qaradi. Qasr ichida faqat biz edik. Oy nuri qasr derazalaridan tushib, barchasini g‘alati, sirli muhitga aylantirgan edi.
— Agar bu joy sendan nimanidir kutayotgan bo‘lsa, demak, javob ham shu yerda. Biz topamiz, Mariya.
Men chuqur nafas olib, kitobni yana varaqlay boshladim. Va birdan... bir sahifa o‘zgacha edi. Sahifada eski, o‘yib yozilgan harflar bor edi: "To‘g‘ri yo‘lni topish uchun qalbingga quloq sol. Ammo ehtiyot bo‘l, chunki haqiqat har doim ham yorug‘lik emas."
Men bu so‘zlarni o‘qir ekanman, ichimda qandaydir g‘alati his uyg‘ondi. Huddi kimdir bizni kuzatayotgandek. Men atrofga alanglay boshladim. Qasr ichida hech kim yo‘q edi, lekin baribir qandaydir g‘alati his meni tark etmasdi. Yuragim tez urardi.
— Malik, bu yerda nimadir noto‘g‘ri... — dedim past ovozda.
Malik atrofga qarab, menga yaqinroq turdi. Uning yuzi jiddiylashdi.
— Mariya, qo‘rqma. Men bu yerdaman, seni hech kimga bermayman, — dedi u ovozini pasaytirib.
Men kitobni mahkam ushlab, devordagi eski qandilga qaradim. Uning soyasi qasr devorida g‘alati shaklda aks etardi. Birdan shabada esib, qandilni engil tebratdi. Hamma narsa bir zumga jimjit bo‘ldi. Va keyin.
PICHIRLASH.
Ha, to‘g‘ri eshitdim. Qasrning qorong‘u burchaklaridan qandaydir pichirlash eshitildi. Huddi kimdir biz bilan gaplashmoqchi bo‘layotgandek.
Men Malikning qo‘lini siqib, dahshat bilan unga qaradim.
— Bu ovoz… eshityapsanmi?
Malik boshini sekin qimirlatdi. Uning yuzi o‘zgarib ketgan edi.
— Ha, eshitayapman. Kim bor bu yerda?! — deb u baland ovozda so‘radi.
Ammo hech kim javob bermadi. Faqat pichirlash davom etardi… Va birdan kitobning varaqlari o‘zidan-o‘zi ochila boshladi! Men kitob sahifalarini titroq qo‘llar
Bölüm etkileşimi
